Kia Seltos 2026 avtomobilining narxlari e’lon qilindi

10-yanvar 2026 12:46 eʼlon qilindi

(11-yanvar 2026 00:31 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Kia

Kia kompaniyasi Kia Seltos krossoverining ikkinchi avlodini rasman bozorga chiqardi. Model uchun sotuvlar hozircha Hindistonda boshlangan. U tashqi ko‘rinishda yangilandi, salonda texnologiyalar ko‘paydi va narx jihatidan hamyonbopligicha qoldi.

Narx va bozorlar

Hindistonda Kia Seltos 2026 narxi $12 mingdan $22 minggacha baholanmoqda. Yevropa va Shimoliy Amerika bozorlarida krossover keyinroq paydo bo‘ladi. Ushbu hududlarda narxlar yuqoriroq bo‘lishi kutilmoqda.

Tashqi dizayn va o‘lchamlar

Foto: Kia

Yangi Seltos dizayni yanada qat’iy va burchakli ko‘rinishga ega bo‘ldi. U elektr Kia EV5 va EV9 modellari uslubiga yaqinlashtirilgan. Old panjarasi kengaytirildi, optika yangilandi. Avtomobil avvalgi avlodga nisbatan kattalashdi.

Kia Seltos 2026 o‘lchamlari quyidagicha. Uzunligi 4 430 mm. Kengligi 1 830 mm. Balandligi 1 600 mm. G‘ildirak bazasi 2 690 mm.

Salon va jihozlanish

Interyer to‘liq qayta ishlangan. Old panelda uchta ekran mavjud. Ikki dona 12,3 dyuymli displey va alohida 5 dyuymli ekran o‘rnatilgan. Salon kengaydi, yukxona hajmi 536 litrga yetdi.

Yuqori komplektatsiyalarda ikki zonali iqlim nazorati bor. Old oynaga proyeksiya tizimi mavjud. Panoramali tom taklif etiladi. Haydovchi o‘rindig‘i elektr sozlamali. O‘rindiqlar ventilyatsiyaga ega. Bose audio tizimi 8 ta dinamik bilan jihozlangan. Xavfsizlik tizimlari kengaytirilgan.

Foto: Kia

Dvigatellar

Hindiston bozorida model 1,5 litrli dvigatellar bilan sotiladi. Benzinli variantlar 115 va 160 ot kuchiga ega. Dizel dvigatel quvvati 116 ot kuchini tashkil etadi.

Boshqa bozorlar uchun 1,6 litrli turbobenzin dvigatellari tayyorlanmoqda. Ularning quvvati 180 va 193 ot kuchiga yetadi. Shuningdek, 2,0 litrli 150 ot kuchiga ega atmosferali dvigatel ham taklif qilinadi. Keyinchalik gibrid versiya ham chiqarilishi kutilmoqda.

Uzatmalar qutisi modifikatsiyaga qarab mexanik, avtomat yoki robotlashtirilgan bo‘ladi. To‘liq uzatma tizimi qo‘shimcha opsiya sifatida taklif etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Kia avtomobillarining narxlari pasaygani haqida yozgan edi.

Shuningdek