O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish hajmi 4 foizga o‘sdi

2025-yil yanvar – noyabr oylarida O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish hajmi 26,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 foizga oshdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Eng katta ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi. Poytaxtda 16,6 trln so‘mlik ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarildi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati 4,5 trln so‘m va Xorazm viloyati 2,2 trln so‘m bilan qayd etildi.
Eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyatida kuzatildi. Hududda atigi 25,7 mlrd so‘mlik ichimlik ishlab chiqarildi. Jizzax viloyatida bu ko‘rsatkich 51,3 mlrd so‘mni, Sirdaryo viloyatida esa 85,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ichimliklar sanoatidagi o‘sish, asosan, yirik shaharlar va iqtisodiy faol hududlar hisobiga ta’minlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning yanvar – noyabr oylarida umumiy 37,2 ming nafar xorijiy talabalar ro‘yxatga olingani haqida yozgan edi.