Qashqadaryoda yashirin aroq sexidan 1 813 dona qalbaki aksiz markasi topildi

Qashqadaryoda yashirin tarzda ishlagan aroq sexi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
O‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro O.N. «Istiqlol» MFY hududidagi xonadonida qo‘lbola usulda alkogol mahsuloti ishlab chiqarayotgani aniqlandi.
Tekshiruv jarayonida 1 813 dona qalbaki aksiz markasi olindi. Shuningdek, 1 064 dona qopqoq, 550 dona qopqoq uchun sellofan, 484 dona bo‘sh shisha idish va 120 litr spirt topildi. Ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa buyumlar ham ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi va 186-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri poytaxtdagi hokimlik mansabdori pora bilan qo‘lga tushgani haqida yozgan edi.