Yangiliklar

Ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim yetakchi bo‘lib qolmoqda

Oliy ta’lim xizmatlarining ulushi 46,8 foizni tashkil etdi
Foto: Unsplash

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar – noyabr oylarida ta’lim xizmatlari hajmi 34,2 trln so‘mni tashkil etdi. Oliy ta’lim xizmatlarining ulushi 46,8 foizni tashkil qildi.

Ta’lim xizmatlari ko‘rsatkichi 2024-yilning mos davridagiga nisbatan 8,8 foizga oshgan. Bu sohadagi xizmatlar jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,7 foiziga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri ichimliklar ishlab chiqarish hajmi 4 foizga o‘sgani haqida yozgan edi. 2025-yil yanvar – noyabr oylarida O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish hajmi 26,9 trln so‘mni tashkil etgan.