Testsiz beriladigan nomdor stipendiya, BMTning iqtisodiy hisoboti — 10-yanvarda yuz bergan muhim hodisalar

eʼlon qilindi
Qashqadaryoda yashirin aroq sexidan 1 813 dona qalbaki aksiz markasi topildi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Testsiz beriladigan nomdor stipendiya, BMTning iqtisodiy hisoboti — 10-yanvarda yuz bergan muhim hodisalar «Kursiv» dayjestida.

Qashqadaryoda yashirin aroq sexidan 1 813 dona qalbaki aksiz markasi topildi

Foto: Departament

Qashqadaryoda yashirin tarzda ishlagan aroq sexi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

O‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro O.N. «Istiqlol» MFY hududidagi xonadonida qo‘lbola usulda alkogol mahsuloti ishlab chiqarayotgani aniqlandi.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish hajmi 4 foizga o‘sdi

O‘zbekistonda ichimlik sanoati 2025-yilda 4 foizga o‘sdi
Foto: Pexels

2025-yil yanvar – noyabr oylarida O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish hajmi 26,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 4 foizga oshdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Eng katta ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi. Poytaxtda 16,6 trln so‘mlik ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarildi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati 4,5 trln so‘m va Xorazm viloyati 2,2 trln so‘m bilan qayd etildi.

Qoraqalpog‘istonda narkosavdogarlar qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘istonda narkosavdogarlar qo‘lga olindi
Foto: DXX

Qoraqalpog‘iston Respublikasida narkosavdogarlar qo‘lga olindi. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va IIV tezkor xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda DXX ma’lum qildi.

Tadbir davomida 1972-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan mahalliy fuqaro 9 gramm «opiy» moddasini Shumanay tumanida yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan shaxsga 4 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, narkosavdogarning yonidan qo‘shimcha 5 gramm «opiy» ham ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim yetakchi bo‘lib qolmoqda

Foto: Unsplash

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar – noyabr oylarida ta’lim xizmatlari hajmi 34,2 trln so‘mni tashkil etdi. Oliy ta’lim xizmatlarining ulushi 46,8 foizni tashkil etdi.

Ta’lim xizmatlari ko‘rsatkichi 2024-yilning mos davriga nisbatan 8,8 foizga oshgan. Bu sohadagi xizmatlar jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,7 foiziga teng bo‘ldi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yilda 7,3 foizga o‘sdi — BMT

Foto: Vecteezy

BMTning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yilda 7,3 foizga o‘sdi. Bu haqda «Jahon iqtisodiyoti holati va 2026-yil istiqbollari» nomli hisobotda qayd etilgan.

Unga ko‘ra, 2026-yilda respublika yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 6 foizni tashkil etadi. 2027-yilda esa bu ko‘rsatkich 5,9 foizgacha sekinlashishi mumkin.

YI Janubiy Amerika bilan 25 yildan so‘ng erkin savdo bitimini yakunladi

Yevropa Ittifoqi Janubiy Amerika bilan 25 yildan so‘ng erkin savdo bitimini yakunladi
The Brussels Times

Yevropa Ittifoqi (YI) Janubiy Amerika davlatlari bilan erkin savdo bitimini yakunladi. Muzokaralar 25 yil davom etdi. Bitimga Mercosur tarkibiga kiruvchi Braziliya, Argentina, Paragvay va Urugvay qo‘shilgan. Hujjat endi Yevropa Parlamenti tasdig‘idan o‘tishi kerak.

Braziliya prezidenti Luiz Inasio Lula da Silva bitimni olqishlagan. Kelishuv AQSh boj tariflari va Venesueladagi so‘nggi harbiy vaziyat fonida imzolandi.

2025/2026-o‘quv yili uchun nomdor davlat stipendiyalarida maxsus test sinovlari o‘tkazilmaydi

2025–2026 o‘quv yili uchun nomli davlat stipendiyalarida maxsus test sinovlari o‘tkazilmaydi
Foto: Student Mag

2025/2026-o‘quv yili uchun nomdor davlat stipendiyalariga da’vogar talabalar uchun maxsus test sinovlari joriy etilmaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qaroriga asoslanib ma’lum qilindi.

Qarorga muvofiq, Prezident stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalarini tayinlashning yangi tartibi tasdiqlangan. Ushbu yangi tartibda axborot texnologiyalari, O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillar bo‘yicha maxsus test sinovlari belgilangan.

Shuningdek, Kursiv Uzbekistan nashri «Yangi Damas haqida qiziqarli 5 ta ma’lumot» nomli maqola e’lon qildi. Uni ushbu havola orqali o‘qishingiz mumkin.

Shuningdek