YI Janubiy Amerika bilan 25 yildan so‘ng erkin savdo bitimini yakunladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bitim ekologik maqsadlarni ham ko‘zlaydi
Yevropa Ittifoqi Janubiy Amerika bilan 25 yildan so‘ng erkin savdo bitimini yakunladi
The Brussels Times

Yevropa Ittifoqi (YI) Janubiy Amerika davlatlari bilan erkin savdo bitimini yakunladi. Muzokaralar 25 yil davom etdi. Bitimga Mercosur tarkibiga kiruvchi Braziliya, Argentina, Paragvay va Urugvay qo‘shilgan. Hujjat endi Yevropa Parlamenti tasdig‘idan o‘tishi kerak.

Braziliya prezidenti Luiz Inasio Lula da Silva bitimni olqishlagan. Kelishuv AQSh boj tariflari va Venesueladagi so‘nggi harbiy vaziyat fonida imzolandi.

Foto: AP News

Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen bitim ikki tomon iste’molchilari va biznesi uchun sezilarli foyda keltirishini bildirgan. Shu bilan birga, tanqidchilar arzon import Yevropadagi mol go‘shti, parranda va shakar ishlab chiqaruvchi fermerlarga zarar yetkazishidan xavotir bildirmoqda.

Bitim ekologik maqsadlarni ham ko‘zlaydi. U o‘rmonlarni kesishni cheklash va qayta tiklanuvchi energiya uchun zarur xomashyo ta’minotini mustahkamlashga qaratilgan. Yevropa Komissiyasi hisob-kitobiga ko‘ra, kelishuv YI kompaniyalariga har yili 4 mlrd yevro eksport bojlaridan tejash imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri YI Suriyaga 620 mln yevro gumanitar yordam puli ajratishi haqida yozgan edi.

Shuningdek