AQSh fuqarolarini Venesuelani zudlik bilan tark etishga chaqirdi

eʼlon qilindi
Colectivos deb ataladigan bu qurolli tuzilmalar AQSh fuqarolari yoki ularni qo‘llab-quvvatlovchilarni aniqlashga urinmoqda
AQSh fuqarolarini Venesuelani zudlik bilan tark etishga chaqirdi
AQSh fuqarolarini Venesuelani zudlik bilan tark etishga chaqirdi / Foto: SBS

AQSh Davlat departamenti Venesueladagi xavfsizlik vaziyati keskinlashgani sababli mamlakatda bo‘lgan Amerika fuqarolarini darhol chiqib ketishga chaqirdi, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.

Rasmiylarga ko‘ra, hukumat tarafdori bo‘lgan qurolli guruhlar yo‘llarda nazorat postlari o‘rnatib, avtomobillarni to‘xtatib tekshirayotgani haqida xabarlar bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «colectivos» deb ataladigan bu qurolli tuzilmalar AQSh fuqarolari yoki ularni qo‘llab-quvvatlovchilarni aniqlashga urinmoqda. Shu sababli amerikaliklardan yo‘llarda harakatlanishda juda ehtiyot bo‘lish va imkon qadar tezroq mamlakatni tark etish so‘ralgan. Xalqaro reyslar qisman tiklangani ham ta’kidlangan.

Vaziyat Venesuela sobiq prezidenti Nikolas Maduro qo‘lga olinganidan bir hafta o‘tib keskinlashgan. AQSh prezidenti Donald Tramp bu voqeani izohlar ekan, kelajakda Venesuelaga borish xavfsiz bo‘lishiga umid bildirgan. Ammo nashrga ko‘ra, Davlat departamenti hozircha holat beqarorligicha qolayotganini tan olmoqda.

Shu bilan birga, Karakasda jurnalistlar qurollangan shaxslarning mototsikllarda yurib, nazorat punktlari tashkil etayotganini qayd etmoqda. Poytaxtni boshqa hududlar bilan bog‘lovchi yo‘llarda ham ko‘plab harbiy va politsiya tekshiruvlari mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 3-yanvar kuni AQSh maxsus kuchlari Venesuelada harbiy operatsiya oʻtkazib, prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni qoʻlga oldi. Soʻngra Venesuela Oliy sudi mamlakat vitse-prezidenti Delsi Rodrigesni Nikolas Maduro oʻrniga vaqtinchalik prezident etib tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Maduro AQShda giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha sudda ishtirok etib, tarjimon orqali ayblovlarni rad etdi. Uning rafiqasi Siliya Flores ham ayblovlarni inkor qildi. Keyingi sud majlisi 17-martga belgilangan.

Shuningdek