BYD yangi flagmanlarini e’lon qildi: Han va Tang 9-seriyasi

11-yanvar 2026 11:10 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
BYD yangi flagmanlarini e’lon qildi: Han va Tang 9-seriyasi
BYD yangi flagmanlarini e’lon qildi: Han va Tang 9-seriyasi / Foto: Tarantas news

BYD kompaniyasi o‘zining yangi flagman modellari, Han va Tang 9-seriyasini rasman e’lon qildi, deb xabar berdi Tarantas News. Ushbu avtomobillar brendning premium yo‘nalishidagi asosiy yangiliklari bo‘lishi kutilmoqda.

Yangi Han va Tang 9-seriyasi Dynasty Festival tadbiri doirasida taqdim etilgan. Kompaniya ularning rasmiy debyuti yaqin vaqt ichida bo‘lishini ma’lum qildi. Modellar elektromobil va gibrid segmentidagi pozitsiyalarni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Hozircha texnik xususiyatlar, komplektatsiyalar va aniq sotuv sanalari ochiqlanmadi. Biroq yangi avlod modellari yanada kuchli dvigatellar, zamonaviy texnologiyalar va premium interyer bilan taqdim etilishi kutilmoqda.

Han va Tang nomlari BYD model qatorida mashhur. 9-seriya esa ularni yangi bosqichga olib chiqishi mumkin. Mutaxassislar bu avtomobillar nafaqat Xitoy, balki xalqaro bozorda ham premium brendlarga raqobatchi bo‘lishini bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD kompaniyasi arzon elektromobillar ishlab chiqaruvchi Linghui brendini ishga tushirishi haqida xabar qilingandi. Yangi marka faqat taksi xizmatlari va yirik korporativ avtoparklar uchun mo‘ljallangan arzon elektromobillarni taklif etadi. Dastlabki uchta model haqidagi ma’lumotlar Xitoy sanoat vazirligi bazasida paydo bo‘ldi.

Shuningdek