Kursiv Uzbekistan bayram munosabati bilan ota, aka-uka, do‘st va hamkasblarni tabriklashda asqatadigan tabriknomalarni tayyorladi
Foto: IIAU
O‘zbekistonda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabatida keng nishonlanadi. Kursiv Uzbekistan bayram munosabati bilan ota, aka-uka, do‘st va hamkasblarni tabriklashda asqatadigan tabriknomalarni tayyorladi.
Ularni yaqinlaringizga jo‘natib, bayram shukuhini yanada ko‘tarishingiz mumkin.
14-yanvar — Mardlik va vatanparvarlik yo‘lida hech qachon charchamaydigan posbonlar kuni. Bayramingiz muborak bo‘lsin!Hayotingizda tinchlik, barqarorlik va farovonlik hukm sursin. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!Sizga sharaf, hurmat va munosib e’tirof hamisha hamroh bo‘lsin.Har bir kuningiz g‘alaba va ishonch bilan boshlansin.Kuchingiz faqat qurolda emas, adolatli so‘zingizda namoyon bo‘lsin.Oilangiz tinch, qalbingiz xotirjam, yo‘lingiz doimo yorug‘ bo‘lsin.Jasoratingiz va fidoyiligingiz barchamiz uchun namuna bo‘lsin.Sizga mustahkam iroda, sog‘lik va har doim yuksak g‘urur tilaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin, yigitlar!Siz bo‘lgan joyda ishonch va osoyishtalik bo‘lsin. Doimo omon bo‘ling, yigitlar!Vatan himoyasida bo‘lgani kabi, hayotda ham doimo sobit bo‘ling.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 14-yanvarga qanday sovg‘a tanlash kerakligi haqida yozgandi.
Shuningdek, Toshkentda harbiy parad o‘tkazilgani haqida fotoreportaj tayyorlangandi.