Kino va seriallar

2026-yilgi «Oltin globus» mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

Mukofot 1944-yildan beri har yili o‘tkazilib kelinadi
2026-yilgi «Oltin globus» mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi / Foto: Mashable

2026-yilgi «Oltin globus» mukofotining g‘oliblari e’lon qilindi. Mukofotning taqdirlash marosimi 11-yanvar kuni AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda Global News.

Foto: People.com

2026-yilgi «Oltin Globus» mukofotlari natijalariga ko‘ra, drama janridagi eng yaxshi film «Hamnet» (Gamnet) deb topildi.

Foto: Variety

Eng yaxshi myuzikl film nominatsiyasida g‘olib «One Battle After Another» (Jangma-jang) bo‘ldi. Film rejissori Pol Tomas Anderson «Eng yaxshi rejissor» va «Eng yaxshi ssenariy» nominatsiyalarini ham qo‘lga kiritdi.

Foto: ABC News

Drama janridagi eng yaxshi erkak roli uchun mukofot Vagner Moura, «The Secret Agent» («Maxfiy josus») filmidagi ijrosi uchun berildi. Mazkur Braziliya filmi «Eng yaxshi xorij tilidagi film» nominatsiyasida ham g‘olib bo‘ldi.

Foto: Reuters

Drama janridagi eng yaxshi ayol roli nominatsiyasida g‘olib Jessi Bakli, «Hamnet» (Gamnet) filmidagi ishi bilan tanlandi.

Foto: Globalnews

Myuzikl janrida eng yaxshi erkak roli uchun mukofot Timoti Shalamet, «Marty Supreme» (Marty Suprim) filmidagi ijrosi uchun berildi.

Foto: Reuters

Eng yaxshi ayol roli (komediya/musiqali film) nominatsiyasida g‘olib Roz Bayrn, «If I Had Legs I’d Kick You» (Oyoqlarim bo‘lganida, seni tepib yuborardim) filmidagi ijrosi uchun tanlandi.

Foto: People.com

Eng yaxshi 2-darajali erkak roli uchun mukofot Stellan Skarsgard, «Sentimental Value» (Hissiy qadr-qiymat) filmidagi roli uchun berildi.

Foto: Los ANgeles Times

Eng yaxshi 2-darajali ayol roli nominatsiyasida g‘olib Teyana Teylor, «One Battle After Another» (Jangma-jang) filmidagi ijrosi uchun tanlandi.

Foto: Globalnews

«Eng yaxshi animatsion film» nominatsiyasida g‘olib «KPop Demon Hunters» (KPop Iblis ovchilari) deb topildi.

Foto: Pitchfork

Eng yaxshi original musiqa nominatsiyasida g‘olib Huntr/x, «Golden» (Oltin) — «KPop Demon Hunters» (KPop Iblis ovchilari) filmi uchun taqdirlandi.

Shuningdek, yana boshqa bir qator nominatsiya g‘oliblari «Oltin Globus» mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ma’lumot uchun, «Oltin globus» mukofotlari g‘oliblari 300 dan ortiq ko‘ngilochar yo‘nalishdagi jurnalistlar tomonidan tanlanadi. «Oskar» mukofoti esa taxminan 9 ming saylovchi tomonidan belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oʻzbek qizi haqidagi film «Oskar» mukofotining beshta haykalchasi bilan taqdirlangan edi.