Chery Tiggo avtomobillari ustidan shikoyatlar ko‘paymoqda

12-yanvar 2026 14:41 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Autostrada

Xitoyning Chery Tiggo avtomobillari egalari kuchli sovuqlarda jiddiy muammo haqida ommaviy shikoyat qilmoqda. Ayrim holatlarda haydovchi eshigi o‘z-o‘zidan bloklanib qolmoqda. Natijada avtomobil eshigi na ichkaridan, na tashqaridan ochilmaydi. Bu haqda SHOT Telegram kanali xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, nosozlik eshik qulfining elektroaktuatori bilan bog‘liq. Mexanizm ichiga kondensat tushadi va past haroratda muzlaydi. Shu sababli eshik tutqichi va qulf yuritmasi ishlamay qoladi. Muammo ko‘pincha aynan haydovchi eshigida kuzatilmoqda.

Foto: Chery

Ba’zi holatlarda eshikni markaziy qulfning zaxira tugmasi orqali ochish mumkin. Agar oynalar hali ishlayotgan bo‘lsa, oyna tushirish orqali chiqish ham amalga oshiriladi. Ammo kuchli sovuqda elektronika to‘liq o‘chib qolishi mumkin. Bunday vaziyatda egalarga avtomobilni issiq boksgacha olib kirib, erishini kutishga to‘g‘ri keladi.

Agar muammo takrorlansa, haydovchilarga markaziy qulf mexanizmini to‘liq almashtirish tavsiya etilmoqda. Hozircha Chery tomonidan rasmiy izoh berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Huawei va Chery’ning avtomobili noodatiy imkoniyat bilan chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek