
13-yanvar uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 32,37 so‘mga pasayib, 12 099,18 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
6-yanvar kuni dollar 52,17 so‘mga pasayib, 11 952,24 so‘mni tashkil etgan edi. 7-yanvar kuni 16,35 so‘mga oshib, 11 968,59 so‘mga, 8-yanvarda 64,69 so‘mga oshib, 12 033,28 so‘mga, 9-yanvarda esa 75,74 so‘mga oshib, 12 109,02 so‘mga yetdi. Dollar hafta boshi uchun yuqoriladi: 12-yanvarda 22,53 so‘mga oshib, 12 131,55 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 9,5 so‘mga oshib, 14 134,26 so‘mni, rubl 0,28 so‘mga oshib, 153,82 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.