Yangiliklar

Dorixonalarda antibiotiklarning elektron retsept orqali berilishi allaqachon amalda — SSV

Ushbu tizim allaqachon amalda
Dorixona
Dorixonalarda antibiotiklarning elektron retsept orqali berilishi allaqachon amalda — SSV / Foto: doridarmon.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda 2026-yil 15-yanvardan boshlab dorixonalarda antibiotiklar faqat elektron retsept asosida berilishi haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur tartibning amalda 2025-yil 16-dekabrdan kuchga kirganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2025-yil 15-dekabrda Sog‘liqni saqlash vazirining «Elektron retsept» tizimini joriy etishning bosqichma-bosqich tartibini belgilash bo‘yicha tegishli buyrug‘i qabul qilingan.

Ushbu hujjatga muvofiq, dorixonalarda retsept bilan beriladigan dori vositalari, jumladan, antibiotiklar, tizimli ta’sir etuvchi sintetik antibakterial vositalar va tizimli ta’sir etuvchi gormonal preparatlar elektron retsept asosida tayinlanadi va beriladi.

Ma’lumot uchun, mazkur tartib Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 15-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, 2025-yil 16-dekabrdan boshlab amalda qo‘llanib kelinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qanday dorilarni retseptsiz sotib olish mumkinligi haqida yozgan edik.