Lifestyle

Kechga nima ovqat: italyancha yupqa xamirli pitsa qanday tayyorlanadi

Kursiv Uzbekistan retsepti bilan kechki dasturxoningizga italyancha yupqa xamirli pitsa tortishingiz mumkin
Foto: Gastronom

Italiya oshxonalari uslubidagi yupqa xamirli pitsa uy sharoitida ham oson tayyorlanadi. Xamiri yengil, ichi esa mazali va xushbo‘y bo‘lib, bu pitsa ham kattalar, ham bolalarga birdek manzur bo‘ladi. Oddiy masalliqlar va qisqa vaqt ichida haqiqiy italyancha ta’mga ega taom tayyorlash mumkin.

Kursiv Uzbekistan retsepti bilan kechki dasturxoningizga italyancha yupqa xamirli pitsa tortishingiz mumkin.

Masalliqlar

Masalliqlar
Xamir uchun200 g un
125 ml iliq suv
1 choy qoshiq quruq xamirturush
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiqshakar
2 osh qoshiq zaytun moyi
Asosi uchun100 g qaynatilgan tovuq go‘shti
100 g qizil piyoz
40 g yashil bulg‘or qalampiri
2 osh qoshiq pomidor pastasi
200 g motsarella pishlog‘i
Ta’bga ko‘ra marinadlangan kavar kurtaklari
Ta’bga ko‘ra rukkola

Tayyorlanishi

  1. Iliq suvga shakar va tuzni solib eriting, xamirturush qo‘shib aralashtiring va 10 daqiqa iliq joyda qoldiring.
  2. Unni elab idishga soling, ustidan zaytun moyi va xamirturushli aralashmani qo‘shib, yumshoq xamir qorib oling.
  3. Xamir ustini yopib, 15 daqiqa tindiring.
  4. Shu vaqt ichida pitsa asosi uchun barcha masalliqlarni mayda to‘g‘rab oling.
  5. Xamirni 3–4 mm qalinlikda aylana shaklda yoyib, pergament qog‘oz solingan patnisga joylashtiring.
  6. Ustiga pomidor pastasini surting, piyoz, bulg‘or qalampiri, tovuq go‘shti va xohishga ko‘ra kavar kurtaklarini seping.
  7. Eng ustiga motsarella pishlog‘ini tekis qilib joylang.
  8. Oldindan 200°C gacha qizdirilgan pechda 10 daqiqa davomida pishiring.
  9. Pechdan olgach, ustiga rukkola solib dasturxonga torting!

Yoqimli ishtaha!