Meta Avstraliyada yarim million akkauntni blokladi

eʼlon qilindi
Bunga mamlakatda qabul qilingan yangi qonun sabab bo‘ldi
Foto: Conflingo

Avstraliyada bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklovchi qonun kuchga kirgandan so‘ng, Instagram, Facebook va Threads’ning bosh kompaniyasi Meta ushbu ijtimoiy tarmoqlardagi taxminan 550 mingta akkauntni blokladi. Bu haqda ABC xabar berdi.

Jumladan, 4–11-yanvar kunlari qilingan ushbu ishlar davomida Instagram’dan 330 ming, Facebook’dan 173 ming va Threads’dan 39 ming foydalanuvchi o‘chirib tashlandi. Bunga 2025-yil 10-dekabrda kuchga kirgan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlovchi qonun sabab bo‘lgan.

Kompaniyalar qonunga ko‘ra, 16 yoshgacha bo‘lgan avstraliyaliklar tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanilmasligini ta’minlashi shart.

Biroq Meta qonun bolalarning hayotini yaxshilaydi degan fikrga qo‘shilmasligini bildirmoqda. Kompaniyaning ta’kidlashicha, taqiq zaif o‘smirlarni onlayn hamjamiyatlardagi qo‘llab-quvvatlashdan ajratib qo‘yadi va ularni kamroq tartibga solingan ilovalardan foydalanishga undaydi.

Avvalroq «Kursiv» Meta kompaniyasi o‘smirlarning sun’iy intellekt bilan shaxsiy chatlarini o‘chirib qo‘yish imkonini beruvchi yangi funksiyani joriy etayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek