Mitsubishi Pajero 2026-yilda rasman bozorga qaytadi

12-yanvar 2026 22:55 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Mitsubishi Pajero 2026-yilda rasman bozorga qaytadi / Foto: BestCarWeb

Mitsubishi Motors prezidenti Takao Kato kompaniya 2026-yilda Mitsubishi Pajero yangi yo‘ltanlamas avtomobilini taqdim etishini bildirdi. Bu haqda BestCarWeb avtonashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Mitsubishi Pajero 2019-yilda Yaponiya bozorini tark etgan edi. Avvaliga yangi Pajero Nissan Patrol’ning kloni bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq yapon OAVlari avtomobil Mitsubishi tomonidan to‘liq mustaqil ishlab chiqilayotganini ta’kidlamoqda.

Kutilishicha, yangi Pajero Mitsubishi Triton platformasida yaratiladi, lekin kuzovi kattaroq bo‘lib, uzunligi taxminan 5 metrni tashkil etadi. Bu Pajero IV modelidan qariyb 10 santimetrga uzunroqdir. Dastlab model 2,4 litrli turbodiesel dvigatel bilan jihozlanadi. Shuningdek, platforma kelajakda plagin-gibrid va to‘liq elektr versiyalarini qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun ishlab chiqilgan.

Ekspertlar yangi Mitsubishi Pajero’ning boshlang‘ich narxi taxminan 5 mln iyena ($32 ming) atrofida bo‘lishini prognoz qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mitsubishi yangi Elevance konseptini taqdim etgan edi.

Shuningdek