Yangiliklar

O‘zbekiston pasporti Henley reytingida yuqoriladi

Avval mamlakat 82-pog‘onada edi
O‘zbekiston pasporti reytingda pastladi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Henley & Partners tomonidan e’lon qilingan 2025-yilgi pasportlar reytingida O‘zbekiston pasporti 79-o‘rinni egalladi. Avval mamlakat 82-pog‘onadan joy olgan edi.

Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 62 ta davlatga vizasiz yoki viza kelganda rasmiylashtirish orqali borishi mumkin. O‘zbekiston 79-o‘rinni Qirg‘iziston bilan bo‘lishdi.

Reytingda yetakchilikni Singapur egalladi. Ushbu davlat fuqarolari 193 ta mamlakatga vizasiz tashrif buyura oladi. Eng past o‘rinda esa Afg‘oniston joylashgan. Uning pasporti 24 ta davlatga vizasiz kirish imkonini beradi.

Foto: Henleyglobal.com saytidan

Markaziy Osiyo davlatlari qaysi o‘rinlarda:

DavlatReytingdagi o‘rniVizasiz / kelganda viza (davlatlar soni)
Qozog‘iston64-o‘rin79
Qirg‘iziston79-o‘rin62
O‘zbekiston79-o‘rin62
Tojikiston85-o‘rin55
Turkmaniston91-o‘rin48

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri deport qilinganlarga xorijga chiqish pasporti berish tartibi belgilangani haqida yozgan edi.