Qozog‘iston Osiyo davlatlariga go‘sht yetkazib beruvchi davlatga aylanishi mumkin

eʼlon qilindi
2035-yilga borib go‘sht importi 27 mln tonnaga yetadi
Foto: Inbusiness.kz

Qosim-Jomart Toqayev «Turkiston gazetasi»ga bergan intervyusida Qozogʻiston Osiyo mamlakatlariga goʻsht yetkazib berish boʻyicha katta salohiyatga ega ekanini aytdi.

Prezidentning taʼkidlashicha, qishloq xoʻjaligi mamlakat iqtisodiyotidagi eng muhim yoʻnalishlardan biri boʻlib qolmoqda. 2024-yilda fermerlarni imtiyozli qoʻllab-quvvatlash uchun qishloq xoʻjaligi sohasiga 580 mlrd tenge ($1,14 mlrd) yoʻnaltirilgan. Soʻnggi oʻn yil ichida agrar sohaga moliyaviy yordam 10 baravar oshgan.

Shunga qaramay, Toqayev bu mablagʻlarning samaradorligi hali ham savol ostida ekanini qayd etdi. 2015–2024-yillarda qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti 2,5 baravar koʻpaygan, biroq bu koʻrsatkich yanada yuqori boʻlishi mumkin edi.

Prezident endi chorvachilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish zarurligini bildirdi. Uning aytishicha, 2035-yilga borib dunyoda goʻsht isteʼmoli 233 mln tonnaga, import hajmi esa 27 mln tonnaga yetadi. Shu sharoitda Qozogʻiston Osiyo bozori uchun asosiy goʻsht yetkazib beruvchilardan biriga aylanishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Turkmanistonda go‘sht narxining oshib ketganini tanqid qilganidan so‘ng bedarak yo‘qolgan bloger Didar Amansaxatovning qabri topilgani haqida yozgandi.

Shuningdek