Ruslan Abdullayev navbatdagi jangini AQShda o‘tkazadi

12-yanvar 2026 14:08 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Professional boksda muvaffaqiyatli odimlayotgan o‘zbekistonlik Ruslan Abdullayev 16-yanvar kuni AQShda o‘zining navbatdagi reyting jangini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

«Flint» taxallusi bilan harakat qilayotgan hamyurtimizga bu safar urugvaylik tajribali bokschi Eduardo Xavyer Abreu raqiblik qiladi. 37 yoshli Eduardo Xavyer Abreu professional ringda katta tajribaga ega bo‘lib, faoliyati davomida jami 17 ta jang o‘tkazgan. Uning hisobida 14 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang mavjud.

O‘z navbatida, havaskor boksda Jahon va Osiyo chempioni bo‘lgan Ruslan Abdullayev professional faoliyatida tezkor o‘sishga erishmoqda. Ushbu jang uning xalqaro maydondagi faoliyatini mustahkamlash va reytingdagi o‘rnini yaxshilash uchun muhim ahamiyatga ega.

Avvalroq Kursiiv Uzbekiston IBA Xalokov va Shumkov jangi natijasini o‘zgarishsiz qoldirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek