Samsung Galaxy S27 Ultra qanday kamera bilan chiqadi

12-yanvar 2026 17:36 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S27 Ultra qanday kamera bilan chiqadi
Foto: Forbes

Samsung kompaniyasining kelajakdagi flagmani Samsung Galaxy S27 Ultra kuchli yangilangan kamera bilan jihozlanadi. Galaxy S26 seriyasi hali rasmiy taqdim etilmagan bo‘lsa-da, Galaxy S27 haqidagi ilk tafsilotlar internetda paydo bo‘la boshladi.

Galaxy S27 Ultra asosiy kamerasi uchun mutlaqo yangi 200 megapikselli sensor ishlab chiqiladi. U S5KHP6 (ISOCELL HP6) nomini oladi. Sensorning optik formati hozirgi ISOCELL HP2 bilan bir xil bo‘ladi. Shunga qaramay, Samsung yangi texnologiyalar hisobiga foto va video sifatini sezilarli yaxshilashni rejalashtirmoqda.

Foto: Samsung

S27 Ultra’da asosiy kamera bilan birga o‘ta keng burchakli va old kamera ham almashtirilishini ma’lum qilingan edi. Teleobyektiv kamerasi esa o‘zgarishsiz qoladi. Bu esa yangi flagman kamerasi kompleks tarzda yangilanishini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 smartfonlari 11-martdan sotuvga chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek