Toshkentda harbiy parad o‘tkazildi — fotoreportaj

12-yanvar kuni Toshkent shahri ko‘chalarida harbiylar ishtirokida parad bo‘lib o‘tdi. Kursiv Uzbekistan muxbiri uni suratlarga muhrladi.
14-yanvar O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan poytaxt ko‘chalarida Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy bo‘linmalarining tantanali piyoda yurish marosimi bo‘lib o‘tdi.




Harbiy bo‘linmalarning yurishi soat 11:00 da O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti (mo‘ljal — Pushkin metro bekati)dan boshlandi va 13:00 ga qadar davom etadi. Bo‘linmalar Parkent va Mustaqillik ko‘chalari orqali harakatlanib, Amir Temur xiyobonida to‘xtaydi. Bu yerda faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, harbiy orkestrning defile namoyishlari hamda bo‘linmalarning jangovar chaqiriqlari namoyish etiladi.
Avvalroq «Kursiv» 12-yanvar kuni Toshkentda harbiy parad o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim yo‘llar yopilishi haqida yozgandi.