Venesuela nefti va pullari Kubaga yetib bormaydi — Donald Tramp

eʼlon qilindi
Kuba prezidenti ham Trampning so‘zlariga javob qaytardi
Venesuela nefti va pullari Kubaga yetib bormaydi — Donald Tramp / Foto: Kimkim

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela nefti va moliyaviy resurslari Kubaga yetkazilmasligini e’lon qildi va orolni Vashington bilan kelishuvga kelishga chaqirdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Venesuela Kubaning eng katta neft yetkazib beruvchisi bo‘lishiga qaramay, yanvar boshida AQSh kuchlari Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning o‘g‘irlab ketilganidan so‘ng, mamlakat portlaridan Kubaga hech qanday neft yuklari yetkazilmagan.

Karakas va Vashington Venesuela neftini AQShga yetkazish bo‘yicha $2 mlrdlik kelishuvni muhokama qilmoqda. Rejaga ko‘ra, 50 mln barrelgacha neft AQShga yetkaziladi va tushumlar AQSh Moliya vazirligi nazoratidagi hisobvaraqlarga kiritiladi.

«Kuba erkin, mustaqil va suveren davlatdir. Kuba hujum qilmaydi; u ona yurtini himoya qilishga tayyor,» — deya bayonot bergan Kuba prezidenti Migel Diaz-Kanel Trampning tahdidiga javoban.

Ma’lumot uchun, Kuba asosan Venesueladan import qilingan neft va yonilg‘iga tayanadi, kichik miqdorda Meksikodan ham neft oib turadi. O‘tgan yilda Venesueladan kuniga taxminan 26,5 ming barrel neft yetkazilgan. Bu Kubaning neft tanqisligining taxminan 50 foizini qoplagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning Venesuelaga uyushtirgan reydida Kubaning 32 nafar harbiy va razvedka xodimi halok bo‘lgan edi.

Shuningdek