Avto

Yangi Staria Electric elektromobili namoyish qilindi — foto

Hyundai Staria Electric savdosi 2026-yilning birinchi yarmida Janubiy Koreya va Yevropada boshlanadi
Foto: Hyundai

Hyundai kompaniyasi Staria minivenining to‘liq elektr versiyasini taqdim etdi. Model Staria Electric deb nomlandi. U brend tarixidagi eng yirik elektromobilga aylandi.

Avtomobil uzunligi 5 255 mm ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich uni Hyundai’ning barcha batareyali modellari orasida rekordchiga aylantirdi. Tashqi dizayn deyarli o‘zgarmagan. Asosiy yangiliklar texnik qismda joylashgan.

Foto: Hyundai

Staria Electric 800 voltli arxitekturaga ega. Old o‘qda joylashgan elektromotor quvvati 218 ot kuchini tashkil etadi. 84 kVt·soatli batareya WLTP sikli bo‘yicha 400 km gacha yurish masofasini ta’minlaydi.

Model tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Batareya 20 foizdan 80 foizgacha taxminan 20 daqiqada zaryadlanadi. V2L funksiyasi mavjud. Miniven tashqi qurilmalar yoki uy uchun quvvat manbai bo‘la oladi.

Foto: Hyundai

Salon yangilangan Staria’dan meros bo‘lib olingan. Fizik tugmalar qayta tiklandi. Uzatma selektori o‘zgartirildi. Rul ham modernizatsiya qilindi.

Hyundai Staria Electric savdosi 2026-yilning birinchi yarmida Janubiy Koreya va Yevropada boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Hyundai Staria avtomobili yangilangani haqida yozgan edi.