Yangiliklar

1-apreldan Mudofaa ofitserlari ustamalari ikki baravarga oshiriladi

Harbiy bo‘lmagan xizmatchilar oyligi esa joriy yilda 20 foizga, kelasi yilda yana 50 foizga oshiriladi
Foto: Mudofaa vazirligi

O‘zbekistonda Mudofaa vazirligi ofitserlarining ko‘p yillik xizmat uchun ustamalari ikki baravar oshiriladi. Bu haqda prezident boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, 1-apreldan boshlab Mudofaa vazirligi ofitserlarining ko‘p yillik xizmat uchun ustamalari ikki baravar oshirilib, kontrakt asosida xizmat qilayotgan askar va serjantlar maoshi 10 foizga ko‘paytiriladi. Harbiy bo‘lmagan xizmatchilar oyligi esa joriy yilda 20 foizga, kelasi yilda yana 50 foizga oshiriladi.

Bundan tashqari, 30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar uchun pensiya hisoblashda inobatga olinadigan oylik miqdori 75 foizdan 100 foizga yetkaziladi, harbiylar uchun uy-joy qurilishi kengaytiriladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston Mudofaa doktrinasi qayta ko‘rib chiqilishi haqida yozgandi.