Yangiliklar

14-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

13-yanvarda 32,37 so‘mga pasayib, 12 099,18 so‘m etib belgilangan edi
Курс валют в банках на 12 января
Foto: Jonathan Borba / Unsplash

14-yanvar uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 51,14 so‘mga pasayib, 12 048,04 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

7-yanvar kuni 16,35 so‘mga oshib, 11 968,59 so‘mga, 8-yanvarda 64,69 so‘mga oshib, 12 033,28 so‘mga, 9-yanvarda esa 75,74 so‘mga oshib, 12 109,02 so‘mga yetdi. Dollar hafta boshi uchun yuqoriladi: 12-yanvarda 22,53 so‘mga oshib, 12 131,55 so‘mni tashkil etdi. 13-yanvarda esa 32,37 so‘mga pasayib, 12 099,18 so‘m etib belgilandi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 71,79 so‘mga pasayib, 14 062,47 so‘mni, rubl 0,54 so‘mga pasayib, 153,28 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.