Chevrolet Traverse avtomobilining narxi oshdi

13-yanvar 2026 10:48 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: GMAutority

2026-yilgi Chevrolet Traverse modeli uchun AQShda yakuniy narx biroz oshdi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.

Sabab sifatida yetkazib berish va logistika xarajatlarini qoplovchi majburiy DFC to‘lovining ko‘tarilgani ko‘rsatilmoqda. General Motors ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil dekabr oyidan boshlab Traverse uchun DFC miqdori $1,9 mingdan $2 minggacha oshirilgan. Farq $100 ni tashkil etadi va bu o‘sish barcha komplektatsiyalarga bir xil tatbiq etilgan. Natijada modelning barcha versiyalari tavsiya etilgan chakana narxi oshdi.

Foto: GMAutority

GM vakillari bu qaror sanoatdagi umumiy holatga mos ravishda qabul qilinganini bildirgan. Kompaniya narxlar savdo muhiti, avtomobil jihozlanishi, tannarx hamda talab va taklifga qarab shakllantirilishini ta’kidlamoqda.

Narxlar:

KomplektatsiyaUzatma turiNarx
LTOld yuritma$42,7 ming
LTTo‘liq yuritma$44,7 ming
Z71To‘liq yuritma$50,8 ming
High CountryOld yuritma$57 ming
High CountryTo‘liq yuritma$59 ming
RSOld yuritma$57,3 ming
RSTo‘liq yuritma$59,3 ming

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Equinox qimmatlashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek