Lifestyle

Ertalabki nonushta: uch xildagi kruassanli sendvichlar

Qisqa vaqt ichida oilaviy dasturxon yoki ishga shoshilinch nonushta uchun qulay yechim
Foto: Gastronom

Tayyor kruassanlardan tayyorlanadigan bu sendvichlar – tez, to‘yimli va xilma-xil nonushta uchun a’lo tanlov. Birgina asos kruassan, ammo nachinkani kayfiyat va didga qarab o‘zgartirish mumkin: shirin jemli variant, dudlangan go‘shtli klassik sendvich yoki yumshoq tuxumli nonushta. Qisqa vaqt ichida oilaviy dasturxon yoki ishga shoshilinch nonushta uchun qulay yechim.

Masalliqlar

Sendvich turiMasalliqlar
Jemli kruassan-sendvich1 dona kruassan
20 g tvorogli pishloq
20 g quyuq jem yoki murabbo
Dudlangan go‘shtli kruassan-sendvich1 dona kruassan
20 g tvorogli pishloq
2 dona salat bargi
3 bo‘lak dudlangan go‘sht
Tuxumli kruassan-sendvich1 dona kruassan
20 g tvorogli pishloq
1 bog‘ rukkola
1 dona tuxum
Qovurish uchun ozgina sariyog‘

Tayyorlanishi

  1. Muzlatilgan kruassanlarni patnisga terib, 180°C darajada qizdirilgan pechda 8 daqiqa pishirib oling.
  2. Issiq kruassanni ehtiyotkorlik bilan o‘rtasidan ikkiga bo‘ling.
  3. Jemli variant: pastki qismiga tvorogli pishloq surting, ustiga jem qo‘shing va kruassanni yoping.
  4. Dudlangan go‘shtli variant: pastki qismiga tvorogli pishloq surting, salat barglari va dudlangan go‘shtni joylashtiring, ustini yoping.
  5. Tuxumli variant: tuxumni sariyog‘da qovuring (sarig‘i biroz suyuq qolsa yanada mazali bo‘ladi).
  6. Issiq kruassanning pastki qismiga tvorogli pishloq surting, rukkola va qovurilgan tuxumni qo‘ying, ustini yopib sendvichni tayyorlang.

Yoqimli ishtaha!