
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan yig‘in uchun jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini tasdiqladi.
Murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, ushbu yig‘inga terma jamoaning xorijda to‘p suruvchi legionerlari Eldor Shomurodov, Abduqodir Husanov, Abbos Fayzullayev, Oston O‘runov, Jaloliddin Masharipov kabi yulduzlar chaqirilmagan. Tarkibdan asosan O‘zbekiston Superligasi futbolchilari o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, Ikrom Aliboyev, Oybek Bozorov va Doston Tursunov kabi futbolchilar uzoq tanaffusdan so‘ng yana milliy jamoa yig‘iniga jalb etildi. Jamoa reja bo‘yicha 20-yanvar kuni BAAga yo‘l oladi.
Avvalroq Kursiv Uzbeksitan Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy jamoasi Kanada bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida xabar bergan edi.