Yangiliklar

Namangan va Dehli o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

2026-yil 3-apreldan boshlab
Namangan va Dehli o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi / Foto: Rough Guides

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Namangan – Dehli – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha yangi reyslarni joriy etadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, parvozlar 2026-yil 3-apreldan boshlab har hafta juma kunlari amalga oshiriladi. Aviachipta narxlari 2,15 mln so‘mdan boshlanadi.

Chipta xarid qilish uchun booking.uzairways.com saytidan, Uzbekistan Airways ilovasidan, Sales filiallaridan yoki aviakompaniya agentliklaridan foydalanish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UzAirways 2026-yilda ichki reyslar uchun yangi qoidalarni e’lon qilgan edi.