O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

13-yanvar 2026 10:50 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘FA

13-yanvar kuni Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichidagi hal qiluvchi uchrashuvda Janubiy Koreya termasiga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur o‘yin «C» guruhidagi yakuniy vaziyatga oydinlik kiritadi. Bugungi to‘qnashuv nafaqat 3 ochko, balki guruh peshqadamini aniqlash masalasida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu bahs pley-off bosqichidagi raqibni tanlash imkonini beradi.

Foto: UzPFL

Ayni paytda O‘zbekiston olimpiyachilari Livan ustida g‘alaba va Eron bilan durangdan so‘ng 4 ochko bilan 2-o‘rinni band etgan. Xuddi shuncha ochko to‘plagan Janubiy Koreya 1-o‘rinda. Ikki durang qayd etgan Eronda ham imkoniyat bor. So‘nggi turda eronliklar oxirgi o‘rindagi Livan bilan kuch sinashadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan U-23 Osiyo kubogida O‘zbekiston va Eron durang o‘ynagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek