Yangiliklar

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 474,9 mingtaga yetdi

Mavjud subyektlarning 85 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi
Foto: Itranslation.com

2026-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 475 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Eng ko‘p tadbirkorlik subyektlari poytaxt Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan. Qo‘mita hisobotiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan subyektlarning 403,8 mingtasi yoki 85 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Poytaxtda 108,6 mingta korxona mavjud. Undan keyingi o‘rinlarni Toshkent (46 mingta) va Samarqand (41 mingta) viloyatlari egallagan.

Kuchli beshlikdan, shuningdek, Farg‘ona (37,8 mingta) va Qashqadaryo (30,4 mingta) viloyatlari o‘rin olgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 11 oyda 15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik AQShga safar qilgani haqida xabar bergan edi.