O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 9,2 mln so‘mdan oshdi

eʼlon qilindi
5 grammli oltin quymasi narxi ilk bor 9,2 mln so‘mdan oshdi
O‘zbekistonda oltin quymalar rekord narxni qayd etdi
O‘zbekistonda oltin quymalar rekord narxni qayd etdi / Foto: belchonock / depositphotos.com

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 9,2 mln so‘mdan oshdi. Markaziy bank 13-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:34 holatiga oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlarini e’lon qildi.

Xususan, 5 grammli oltin quymaning narxi 9,010 mln so‘mdan 9,215 mln so‘mga oshdi. Uni qaytarib sotib olish narxi esa qadog‘i but holatda 8,660 mln so‘mdan 8,857 mln so‘mga, talablarga mos kelmaydigan holatda 8,573 mln so‘mdan 8,768 mln so‘mga ko‘tarildi.

Quyida oltin quymalarining grammlariga nisbatan sotish va sotib olish narxlari keltirilgan:

Og‘irligiSotish narxiQaytarib sotib olish (qadog‘i but)Qaytarib sotib olish (qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos emas)
5 gramm9 215 000 so‘m8 857 000 so‘m8 768 000 so‘m
10 gramm18 431 000 so‘m17 715 000 so‘m17 536 000 so‘m
20 gramm36 861 000 so‘m35 430 000 so‘m35 072 000 so‘m
50 gramm92 153 000 so‘m88 574 000 so‘m87 680 000 so‘m
100 gramm184 306 000 so‘m177 148 000 so‘m175 359 000 so‘m

Shu bilan birga, Markaziy bank xalqaro qimmatbaho metallar bozori konyunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligi qo‘shimcha qildi.

Jahon bozorida ham oltin biroz oshdi. 13-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 12:35 holatiga oltin narxi bir unsiya uchun $4 585 mingni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, oltin narxi O‘zbekistonda 2025-yil davomida 49 marta oshgandi. Eng yuqori o‘sish 29-dekabr holatiga to‘g‘ri kelgan. Bunda 5 grammli oltin quymaning narxi 8,9 mln so‘mdan oshdi. 10 grammli quymaning qiymati 17,9 mln so‘mga yetdi.

Shuningdek