Yangiliklar

Qozog‘istonda 2026-yilgi Ramazon oyi va Qurbon hayiti sanalari aytildi, O‘zbekistonda oltin quymalar narxi oshdi — 13-yanvarning muhim hodisalari

Kursiv Uzbekistan tomonidan e’lon qilingan 13-yanvarning muhim hodisalari
Воздух в Ташкенте 29 декабря
13-yanvarning muhim hodisalari / Foto: Tashkent Land

Qozog‘istonda 2026-yilgi Ramazon oyi va Qurbon hayiti sanalari aytildi, O‘zbekistonda oltin quymalar narxi oshdi — Kursiv Uzbekistan tomonidan e’lon qilingan 13-yanvarning muhim hodisalari.

«O‘zbekneftgaz»da gaz qazib chiqarish hajmi oshiriladi

«O‘zbekneftgaz»da gaz qazib chiqarish hajmi oshiriladi
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati faoliyatining istiqboldagi vazifalari va rejalari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati oldidagi asosiy vazifa tabiiy gaz zaxiralarini ko‘paytirish va qazib chiqarish hajmlarini oshirish ekani bildirildi.

Taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi

Taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi
Foto: The Independent

Oliy sud 2026 yil 10-yanvar holatiga ko‘ra, ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi manba hamda kontentlar ro‘yxatini yangiladi. Jumladan, 249 ta Facebook, 790 ta Telegram, 265 ta Instagram, 167 ta YouTube, 36 ta Odnoklassniki, 53 ta TikTok kabi ijtimoiy tarmoq va videoplatformalardagi sahifalar hamda 13 ta sayt, 20 ta kitob, ma’ruza, matn va qo‘shiqlar «qora ro‘yxat»ga tushdi.

Samarqand tumani «millionli shahar»ga aylanishi munosabati bilan tugatiladi

Самаркандский район
Foto: Yandex Map

Samarqand viloyatining Samarqand tumanini tugatish, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur tashabbus Samarqandni «millionli shahar»ga aylantirish, zamonaviy arxitektura yechimlariga ega turarjoy va noturar binolarni barpo etish, aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.

Islomiy bank faoliyati tashkil etish haqida qonun loyihasi yaqin kunlarda qabul qilinishi kutilmoqda — Sanjar Nosirov

Foto: Lobar Turayeva / Kursiv Uzbekistan

13-yanvar kuni Markaziy bank tomonidan banklarni tartibga solish va nazorat qilish sohasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan ustuvor rejalar yuzasidan navbatdagi media-muloqot o‘tkazildi.

Tadbir davomida mamlakat bank-moliya tizimi barqarorligini oshirish, shuningdek, bank faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish borasida amalga oshirilgan muhim islohotlar va kelgusi rejalar muhokama qilindi.

Vaziyat keskinlashdi: norozilik namoyishlari ortidan AQSh fuqarolarini Erondan chaqirib olmoqda

Vaziyat keskinlashdi: norozilik namoyishlari ortidan AQSh fuqarolarini Erondan chaqirib olmoqda
Foto: Spectrum News

AQSh va Eron o‘rtasidagi vaziyat keskinlashdi. Erondagi norozilik namoyishlari ortidan AQSh mamlakatlarni yangi tariflar bo‘yicha ogohlantirib, o‘z fuqarolarini chaqirib olmoqda. Xususan, virtual AQSh elchixonasi e’lon qilgan xavfsizlik ogohlantirishida amerikaliklarga Eronni zudlik bilan tark etish va AQSh hukumati yordamisiz chiqib ketish rejasini tuzish tavsiya etildi.

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 9,2 mln so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda oltin quymalar rekord narxni qayd etdi
Foto: belchonock / depositphotos.com

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 9,2 mln so‘mdan oshdi. Markaziy bank 13-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:34 holatiga oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlarini e’lon qildi. Xususan, 5 grammli oltin quymaning narxi 9,010 mln so‘mdan 9,215 mln so‘mga oshdi. Uni qaytarib sotib olish narxi esa qadog‘i but holatda 8,660 mln so‘mdan 8,857 mln so‘mga, talablarga mos kelmaydigan holatda 8,573 mln so‘mdan 8,768 mln so‘mga ko‘tarildi.

O‘zbekiston Mudofaa doktrinasi qayta ko‘rib chiqiladi

Sakkiz yil oldin qabul qilingan Mudofaa doktrinasi qayta ko‘rib chiqiladi
Foto: prezident matbuot xizmati

Sakkiz yil oldin qabul qilingan O‘zbekiston Mudofaa doktrinasi qayta ko‘rib chiqiladi. 13-yanvar kuni Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda prezident hozirgi mintaqaviy va global vaziyat tubdan o‘zgarib borayotganini ta’kidladi. Shu sababli yangi Mudofaa doktrinasi O‘zbekistonning harbiy bloklarga qo‘shilmaslik siyosatini saqlab qolishi, ko‘p tomonlama diplomatiyaga tayanishi va yuqori texnologiyalar asosida armiyani rivojlantirishga xizmat qilishi kerakligi qayd etildi.

Fabio Kannavaro milliy jamoaning BAA yig‘ini uchun tarkibini e’lon qildi

Foto: O‘FA

Murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, ushbu yig‘inga terma jamoaning xorijda to‘p suruvchi legionerlari Eldor ShomurodovAbduqodir HusanovAbbos FayzullayevOston O‘runovJaloliddin Masharipov kabi yulduzlar chaqirilmagan. Tarkibdan asosan O‘zbekiston Superligasi futbolchilari o‘rin olgan.

Apple sun’iy intellektni rivojlantirishda Google Gemini’dan foydalanadi

Foto: Fox Business

Apple va Google Apple Intelligence rivojlanishini tezlashtirish maqsadida hamkorlikni e’lon qildi. Kelishuv doirasida Kupertino kompaniyasi o‘z mahsulotlariga Google Gemini texnologiyalarini integratsiya qiladi. Bitim Google ishlanmalari Apple’ning sun’iy intellekt funksiyalari uchun texnologik poydevor bo‘lishini nazarda tutadi.

1977-yilgi «Jiguli» deyarli yangi holatda sotuvga qo‘yildi

Foto: Avto.ru

Rossiyada 1977-yilda ishlab chiqarilgan VAZ-2101 («Jiguli») juda kam yurgan holatda sotuvga qo‘yildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobilning umumiy yurishi atigi 7,3 ming kmni tashkil etadi. Sotuvchi salonida hanuzgacha yangi mashina hidi saqlanib qolganini ta’kidlagan. Mazkur avtomobil uchun 1 mln 575 ming rubl ($20 ming) so‘ralmoqda. Bu summa hozirda yangi Lada Vesta narxiga teng.

Samsung Galaxy S26 seriyasi ommaviy ishlab chiqarilishni boshladi

Foto: Stuff

Samsung Galaxy S26 smartfonlari seriyasini ommaviy ishlab chiqarishga tayyorgarlikni yakunladi. Galaxy S26 Edge modeli rejalarga kiritilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 Plus texnik jihatdan deyarli Galaxy S25 Plus bilan bir xil bo‘ladi. Samsung ushbu model uchun yangi OLED ekran ishlatish variantini ko‘rib chiqqan, biroq oxir-oqibat undan voz kechgan.

14-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

Курс валют на 14 января: доллар упал на 51 сум
Foto: Sandra Gabriel / Pixabay

14-yanvar uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 51,14 so‘mga pasayib, 12 048,04 so‘mni tashkil etdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 71,79 so‘mga pasayib, 14 062,47 so‘mni, rubl 0,54 so‘mga pasayib, 153,28 so‘mni tashkil qildi.

Qozog‘istonda 2026-yilgi Ramazon oyi va Qurbon hayiti sanalari aytildi

ramazon
Foto: Ramadan.dubai

Qozog‘istonda 2026-yilgi Ramazon oyi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, respublikada Ramazon oyi 19-fevralda boshlanadi va 29 kun davom etadi. Ramazonning eng muhim kechalaridan biri bo‘lgan Laylatul Qadr 16-martdan 17-martga o‘tar kechasi kutilmoqda. Islom an’analarida bu taqdir kechasi hisoblanadi va Qur’onning birinchi oyatlarining nozil bo‘lishi bilan bog‘liq.

Tailandda o‘zbekistonliklar bo‘lgan kater cho‘kib ketdi — video

Ekran tasviri videodan

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 11-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Katerda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida ularning 2 nafari yengil tan jarohati olib, mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. Vazirlik so‘zlovchisiga ko‘ra, jabrlangan fuqarolar to‘liq sog‘aygan va belgilangan tartibda shifoxonadan chiqarilgan.