SSSRning uran merosi: MAGATE Markaziy Osiyoni tozalash rejasini tasdiqladi

eʼlon qilindi
Ushbu strategik reja 3 ta davlatni qamrab oladi
Foto: bezrao.ru

Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) Markaziy Osiyoda uran chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oluvchi yangi strategiyani qabul qildi. Bu haqda World Nuclear News xabar berdi.

Strategik reja O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonni qamrab oladi va xalqaro moliyaviy hamda ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorlikni nazarda tutadi. Hujjat sovet davrida uran qazib olish oqibatida zarar ko‘rgan hududlarni bosqichma-bosqich tozalash va tiklashga qaratilgan.

Dasturning yangilangan umumiy qiymati 113 million yevroga baholanmoqda. Bunga qurilish va muhandislik ishlari, loyihani boshqarish, favqulodda vaziyatlar uchun zaxira va qo‘shimcha dastur xarajatlari kiradi. Hisob-kitoblar mavjud shartnomalar va joriy xarajatlar smetalariga asoslangan.

Ta’kidlanishicha, yangi strategiya ilgari ustuvor ahamiyat berilmagan nisbatan past ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy xavflarga ega bo‘lgan joylarga ham tegishli. Ikki tomonlama kelishuvlarga ko‘ra, Rossiya Qirg‘izistondagi bunday joylarni tiklash uchun 21,4 million yevro va Tojikistondagi shunga o‘xshash ishlar uchun 15,6 million yevro ajratmoqda.

MAGATE yangi rejaning amalga oshirilishi loyihalarning takrorlanishining oldini oladi, davom etayotgan ishlarning shaffofligini oshiradi va mintaqada uran chiqindilarini tozalashni to‘liq yakunlash uchun qo‘shimcha xalqaro yordamni jalb qiladi, deb hisoblaydi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va AQSh uran, mis, volfram, molibden va grafitni qazib olish hamda chuqur qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik qilishi haqida yozgandi.

Shuningdek