Tailandda o‘zbekistonliklar bo‘lgan kater cho‘kib ketdi — video

eʼlon qilindi
Ularning davolanishi uchun zarur xarajatlar to‘liq qoplab berilgan
Foto: videodan kadr

Tailandning Phuket orolida kater halokatga uchrashi oqibatida o‘zbekistonliklar jarohatlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxanov xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 11-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Katerda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida ularning 2 nafari yengil tan jarohati olib, mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. Vazirlik so‘zlovchisiga ko‘ra, jabrlangan fuqarolar to‘liq sog‘aygan va belgilangan tartibda shifoxonadan chiqarilgan.

Video: ijtimoiy tarmoqlar

Shuningdek, jabrlanganlarning barcha tibbiy va boshqa zarur xarajatlari katerga egalik qiluvchi kompaniyaning sug‘urta mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplab berilgan.

Hodisa yuzasidan O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sog‘liqni saqlash muassasalari bilan doimiy aloqada bo‘lib kelgan.

Avvalroq «Kursiv» Tailand va Malaziya chegarasida Rohingya qochqinlarini tashigan qayiq cho‘kib ketishi oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek