
Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi 21-mart kuni jamoatchilik uchun ochilishi arafasida o‘zining birinchi yillik faoliyati dasturini e’lon qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, dastur jamg‘arma raisi Gayane Umerova ko‘magida amalga oshirilmoqda. Ushbu san’at markazi StudioKO’ning taniqli fransuz me’morlari tomonidan qayta ta’mirlangan, 1912-yilda qurilgan sanoat binosida joylashadi. U yerda kutubxona, ijod ustaxonalari va kafe o‘rin olgan.

Barchaga ochiq va bepul bo‘lgan markaz faoliyatining birinchi yili uchun o‘z dasturini e’lon qildi. Unda aytilishicha, ushbu tashkilot jamg‘armaning O‘zbekiston bo‘ylab madaniy infratuzilmaga uzoq muddatli sarmoyasining bir qismi bo‘lib, kelajak avlodlar uchun kreativ sanoat tarmoqlari imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun kreativ iqtisodiyotni yaratishga qaratilgan.
Bundan tashqari, san’at markazining «Hikmat» nomli ilk ko‘rgazmasi 2026-yilgi dasturning bosh voqeasi bo‘lib, unda ushbu joy uchun maxsus yaratilgan va yangi Zamonaviy san’at markazi binosi hamda uning me’morchiligiga hamohang asarlar namoyish etiladi.
Avvalroq «Kursiv» Fransiya Madaniyat vazirligida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaga «San’at va adabiyot» ordeni kavaleri nishoni topshirilgani haqida yozgandi.