Avto

Xitoyda Xiaomi SU7 elektromobillari narxi keskin pasaydi

16 foizdan 37 foizgacha
Xitoyda Xiaomi SU7 elektromobillari narxi keskin pasaydi / Foto: Ijtimoiy tarmoqdan

Xitoy bozorida Xiaomi SU7 elektromobillari narxida keskin pasayish kuzatildi. Bu haqda «Китайские автомобили» avtonashri ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oddiy Xiaomi SU7 yarim yil va 10 ming km yo‘l bosgandan so‘ng o‘rtacha 50 ming yuan (narxining 16 – 23%) qiymatini yo‘qotmoqda. Agar mashina 20 ming kmdan ortiq yurgan bo‘lsa, qadrsizlanish darajasi 37% ga yetadi.

Xiaomi SU7 Ultra elektromobilning yuqori darajadagi versiyasi eng tez qadrsizlanayotgan modellar qatoriga kiradi. Mashina 10 ming km yurishidan keyin 150 ming yuan ($21,5 ming yoki 28%) qiymatini yo‘qotadi.

Xiaomi YU7 krossoveri narxi esa barqaror saqlanib turibdi. Ozgina yurilgan mashinalar yangi versiyadan atigi 10 ming yuan ($1,4 ming) arzon narxda sotilmoqda.

Narxlarning pasayishiga bir nechta sabablar mavjud bo‘lmoqda. Birinchidan, Xitoyda yangilangan SU7 versiyasi taqdim etildi. U yaxshilangan suspenziya va quvvat tizimiga ega. Ikkinchidan, yangi mashinalar ishlab chiqarish hajmining oshishi ishlatilgan SU7 elektromobillarining narxini pasaytirib yubormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi SU7 avariyasi kompaniya aksiyalarining 8,7 foizga tushishiga sabab bo‘lgan edi.