2026-yil boshida test qilingan arzon smartfonlar: qay biri yaxshi

14-yanvar 2026 11:53 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
2026-yilda hamyonbop smartfonlar ham qimmatlashishi mumkin
2026-yil boshida test qilingan arzon smartfonlar: qay biri yaxshi / Foto: depositphotos

2026-yil uchun testdan o‘tgan budjet smartfonlar shuni ko‘rsatdiki, to‘g‘ri tanlov qilinsa, flagman qurilmalarga katta pul sarflash shart emas. Tom’s Guide sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan smartfonlar reytingini ma’lum qildi, ular orasida hatto iPhone va Samsung modellari ham bor.

Eng yaxshi arzon telefon — Google Pixel 9a

Google pixel 9a
Foto: Bloomberg

Google Pixel 9a bu yilgi testlarda eng muvozanatli va ishonchli smartfon sifatida ajralib turdi. Telefon batareyasi 13 soatdan ortiq ishladi, bu ko‘rsatkich raqobatchilar orasida o‘rtacha bo‘lsa-da, tezkor quvvatlanish va optimallashtirilgan Android tizimi kundalik foydalanishda yetarli qulaylik beradi. Pixel 9a’ning asosiy ustunligi Tensor G4 protsessori asosidagi sun’iy intellekt funksiyalari. Gemini Live, Magic Editor, Best Take kabi imkoniyatlar ushbu narx toifasidagi boshqa telefonlarda deyarli uchramaydi.

Foto: Tom’s Guide

Kamera masalasida Pixel 9a yana o‘zini oqlaydi. Texnik ko‘rsatkichlar qog‘ozda oddiy ko‘rinsa ham, real suratlarda ranglar aniqligi va detallar darajasi yuqori. Dizayni sodda, 6,3 dyuymli ekran esa yorqinligi va 120 Hz yangilanish tezligi bilan kundalik foydalanish va media kontent uchun juda qulay.

Eng yaxshi narx-sifat nisbati — Nothing Phone 3a

Nothing Phone 3a / Foto: Future

Nothing Phone 3a arzon telefonlar orasida dizayn va funksionallikni uyg‘unlashtira olgan kam sonli modellardan biri hisoblanadi. Telefon 15 soat 24 daqiqa batareya ishlash vaqtini ko‘rsatdi, bu esa ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun bir kunlik faol ishlatishga bemalol yetadi. Tez zaryadlash borasida ham Nothing Phone 3a yetakchilardan: 30 daqiqada batareyaning 70 foizdan ortig‘i to‘ladi.

Foto: Future

Ushbu modelning yana bir muhim jihati kamera tizimi. Narxiga nisbatan kam uchraydigan 3 karra optik zumli telefoto kamera mavjud bo‘lib, bu uni sayohat va portret suratlar uchun qulay variantga aylantiradi. AMOLED ekran katta, yorqin va 120 Hz adaptiv yangilanish tezligiga ega. Glyph interfeysi esa telefonni nafaqat foydali, balki vizual jihatdan ham o‘ziga xos qiladi.

$200 lik eng yaxshi telefon — Moto G (2026)

Moto G (2026) / Foto: CNET

Moto G (2026) budjet segmentida batareya bo‘yicha mutlaq yetakchi bo‘ldi. Testlarda u 19 soatdan ortiq ishladi va bu natija hatto qimmatroq telefonlarni ham ortda qoldirdi. Motorola ushbu modelni aynan uzoq ishlashga muhtoj foydalanuvchilar uchun ishlab chiqqanini yashirmaydi va amaliyotda bu va’da o‘zini oqlaydi.

Foto: Future

Dimensity 6300 protsessori kundalik vazifalar ijtimoiy tarmoqlar, video tomosha qilish va oddiy ilovalar uchun yetarli. Og‘ir o‘yinlarda biroz sustlik sezilishi mumkin, biroq bu narx toifasi uchun kutilgan holat. Kameralari oddiy, lekin asosiy 50 MP kamera va old kamera kunduzgi suratlarda yaxshi natija beradi. Ikki yillik Android yangilanishlari cheklov bo‘lsa-da, narxini hisobga olganda bu model juda maqbul tanlov.

$300 gacha eng yaxshi variant — Moto G Power (2026)

Moto G Power (2026)
Moto G Power (2026) / Foto: Future

Moto G Power (2026) ko‘proq katta ekran va mustahkam korpusni xohlaydigan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. 18 soatdan ortiq batareya ishlash vaqti uni ishonchli hamrohga aylantiradi, garchi u oddiy Moto G’dan biroz qisqaroq ishlasa ham. Katta 6,8 dyuymli ekran kontent ko‘rish va o‘qish uchun qulaylik yaratadi.

Ushbu modelda dizayn jihatidan vegan charm orqa panel ishlatilgan bo‘lib, telefonni arzon ko‘rinishdan uzoqlashtiradi. Biroq protsessor va ekran yorqinligi jihatidan u Moto G (2026) bilan deyarli bir xil. Simsiz quvvatlash yo‘qligi va narxining yuqoriroqligi sababli ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun oddiy Moto G ko‘proq mantiqli tanlov bo‘lib qolmoqda.

Eng arzon buklanadigan model — Motorola Razr (2024)

Motorola Razr (2024) / Foto: Future

Motorola Razr (2024) buklanadigan telefonlar orasida eng hamyonbopi sifatida e’tiborni tortadi. 14 soat 37 daqiqa batareya ishlash vaqti flip formatdagi telefon uchun yomon ko‘rsatkich emas. 4 200 mA/soat sig‘imli batareya va tashqi ekran yordamida ko‘plab vazifalarni telefonni ochmasdan bajarish mumkin.

Razr’ning asosiy afzalligi kontent yaratuvchilar uchun qulayligi. Tashqi ekran orqali kadrni ko‘rib, sifatli selfi va vloglar olish mumkin. Buklab stol ustiga qo‘yib video tomosha qilish yoki videoqo‘ng‘iroqlar qilish ham qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Narxi hali ham yuqori bo‘lsa-da, buklanadigan telefonlar orasida eng maqbul variant hisoblanadi.

Eng yaxshi arzon iPhone — iPhone 16e

xarid qilish mumkin bo‘lgan Apple gadjetlari
Foto: Palach

iPhone 16e Apple’ning eng qulay narxdagi, ammo eng kuchli budjet iPhone’laridan biri bo‘ldi. A18 protsessori testlarda barcha raqobatchilarni ortda qoldirdi va video montajda eng tez natijani ko‘rsatdi. iOS ekotizimi, uzoq yillik yangilanishlar va Apple Intelligence funksiyalari ushbu modelni uzoq muddatli investitsiyaga aylantiradi.

Batareya ishlash vaqti taxminan 12 soat atrofida bo‘lib, Android raqobatchilaridan qisqaroq. Bitta asosiy kamera mavjud bo‘lsa-da, 48 MP sensor tufayli surat sifati yuqori. Ultrakeng kamera yo‘qligi kamchilik sifatida qayd etiladi, biroq umumiy tajriba iPhone muxlislari uchun yetarlicha qoniqarli.

Eng yaxshi arzon Samsung — Samsung Galaxy A56

Samsung
Foto: Sammobile

Samsung Galaxy A56 uch kamerali tizimi va tezkor 45W quvvatlanishi bilan ajralib turadi. Batareya ko‘rsatkichlari hali to‘liq ochiqlanmagan bo‘lsa-da, real foydalanishda u oldingi A-seriyalarga qaraganda barqarorroq ishlaydi. Old kamera sifatining yaxshilanishi selfi va videoaloqa uchun muhim ustunlik hisoblanadi.

Galaxy A56’da to‘liq Galaxy AI bo‘lmasa ham, Awesome Intelligence funksiyalari kundalik foydalanishda yetarli imkoniyatlar beradi. Eng muhim afzalliklaridan biri Samsung’ning uzoq muddatli dasturiy qo‘llab-quvvatlash siyosati bo‘lib, bu telefonni bir necha yil davomida ishonch bilan ishlatish imkonini beradi.

Batareya testlari bo‘yicha reyting

Telefon modeliBatareya ishlash vaqti (soat:daqiqa)15 daqiqada quvvat (%)30 daqiqada quvvat (%)
Google Pixel 9a13:0825%47%
Nothing Phone 3a15:2438%72%
Moto G (2026)19:1013%27%
Moto G Power (2026)18:2226%53%
Motorola Razr (2024)14:3733%58%
iPhone 16e12:4132%57%
Samsung Galaxy A56N/AN/AN/A

Ishlash tezligi testlari (Performance Benchmarks)

Bu jadvalda telefonlarning umumiy tezligi, grafik imkoniyatlari va video montaj tezligi solishtirilgan.

Telefon modeliGeekbench (1 yadro / ko‘p yadro)3DMark Wild Life (FPS)Adobe Premiere Rush
Google Pixel 9a1,707 / 4,51257.441:24
Nothing Phone 3a1,165 / 3,28825.11:44
Moto G (2026)804 / 2,1248.2N/A
Moto G Power (2026)800 / 2,1468.1N/A
Motorola Razr (2024)1,055 / 2,99918.970:54
iPhone 16e3,328 / 8,13271.270:21
Samsung Galaxy A561,358 / 3,8677.43:19

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple 14 yil ichida birinchi marta global smartfonlar bozorida yetakchilik qilgani haqida xabar berilgandi. Global smartfon yetkazib berish hajmi 2025-yilda 2024-yilga nisbatan 2 foizga o‘sdi va unga rivojlanayotgan bozorlarda talabning oshishi va iqtisodiy sharoitlarning yaxshilanishi orqali erishildi.

Shuningdek