Gadjetlar

360 dollarlik Redmi Turbo 5 Max o‘z narx toifasida eng yaxshi smartfon bo‘ladi — Xiaomi prezidenti

Redmi Turbo 5 Max Dimensity 8500 chipi asosida ishlaydi
Foto: Redmi

Redmi kompaniyasi Turbo 5 Max smartfoni haqida yana bir bor eslatib, rasmiy taqdimot oldidan auditoriyani faol tayyorlashni boshladi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.

Qurilma Turbo liniyasining yirik yangilanishi sifatida taqdim etilmoqda va 2500 yuan, ya’ni taxminan $360 narx segmentida eng kuchli smartfonlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Xiaomi Group prezidenti Lu Veybinning ta’kidlashicha, Turbo seriyasi uch avlod davomida sezilarli rivojlandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan Redmi Turbo 5 Max o‘z narx toifasida eng yaxshi smartfon sifatida e’tirof etilishi kerak.

Joriy yilda Turbo seriyasi metall ramkalar, yumaloqlangan burchaklarga ega yirik tekis displeylar hamda yangi MediaTek platformalari bilan jihozlanadi. Shuningdek, yuqori versiyalarda ultratovushli barmoq izi skaneri va Redmi smartfonlari orasida rekord sig‘imli batareya taqdim etilishi kutilmoqda.

Kutilishicha, Redmi Turbo 5 Max Dimensity 8500 chipi asosida ishlaydi. Yanada qimmatroq versiya — Redmi Turbo 5 Pro Max esa Dimensity 9500e platformasiga ega bo‘lishi mumkin.

Redmi Turbo 5 Max’ning rasmiy taqdimoti yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi prognoz qilinmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi 17 Max smartfoni qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi haqida yozgandi.