Yangiliklar

Chirchiq texnoparkida masofadan boshqariladigan jangovar modullar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi

Prezident mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi
Chirchiq texnoparkida masofadan boshqariladigan jangovar modullar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi / Foto: President.uz

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahridagi texnoparkka tashrif buyurib, mudofaa sanoati korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Texnoparkda zirhli va maxsus texnikalar, shuningdek, ilgʻor funksional imkoniyatlari va texnik xususiyatlari bilan ajralib turadigan bir nechta turdagi masofadan boshqariladigan jangovar modullarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

Foto: President.uz
Foto: President.uz
Foto: President.uz

Mazkur yechimlar harakatlanuvchi va turgʻun nishonlarga, jumladan, koʻrinish cheklangan sharoitlarda oʻt ochishni taʼminlaydi. Jangovar modullar avtomatlashtirilgan boshqaruv, barqarorlashtirish, optik va akustik kuzatuv tizimlari hamda zamonaviy nishonga olish vositalari bilan jihozlangan.

Davlat rahbariga ishlab chiqarish jarayonining asosiy bosqichlari – butlovchi qismlarni yigʻish, optik-elektron va barqarorlashtirish tizimlarini oʻrnatish, dasturiy sozlash, germetiklikni nazorat qilish, qurol-aslahalarni integratsiyalash va kompleks sinovlar haqida maʼlumot berildi. Yakuniy bosqichda tayyor modullar yengil zirhli texnika namunalariga oʻrnatilib, dala sharoitida sinovdan oʻtkaziladi.

Foto: President.uz
Foto: President.uz
Foto: President.uz

Ushbu jangovar modullar yengil zirhli texnika, maxsus avtomobillar, katerlar va zirhli transportyorlar kabi turli platformalarni jihozlash uchun moʻljallangan. Loyiha bir qator xorijiy hamkorlar bilan birgalikda, yurtimizning tegishli idoralari va sanoat korxonalari ishtirokida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chirchiqda Airbus vertolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish markazi ishga tushiriдgani haqida xabar begran edik.