Dollar yana pasaydi: 15-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

15-yanvar uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 46,33 so‘mga pasayib, 12 001,71 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
7-yanvar kuni 16,35 so‘mga oshib, 11 968,59 so‘mga, 8-yanvarda 64,69 so‘mga oshib, 12 033,28 so‘mga, 9-yanvarda esa 75,74 so‘mga oshib, 12 109,02 so‘mga yetdi. Dollar hafta boshi uchun yuqoriladi: 12-yanvarda 22,53 so‘mga oshib, 12 131,55 so‘mni tashkil etdi. 13-yanvarda 32,37 so‘mga pasayib, 12 099,18 so‘m, 14-yanvarda esa 51,14 so‘mga pasayib, 12 048,04 so‘m etib belgilandi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 78,08so‘mga pasayib, 13 984,39 so‘mni, rubl 0,41 so‘mga pasayib, 152,87 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.