
Google Pixel 10a smartfoni rasmiy tasvirlarda namoyon bo‘ldi. Bu haqda AndroidHeadlines ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, surat Google tomonidan tasdiqlangan rasmiy tasvir hisoblanadi. Smartfon dizayni avvalgi Pixel 9a modeliga deyarli o‘xshash. Kichik moduldagi ikkita kamera va ekran atrofidagi keng ramka saqlanib qolgan.


Yangi model texnik xususiyatlari bo‘yicha ham katta o‘zgarishlarni olmaydi. U 6,3 dyuymli ekran, 120 Gts yangilanish tezligi, bazaviy versiyada 8/128 GB xotira va 5100 mA·soat quvvatga ega batareya bilan jihozlanadi. Platforma ham katta ehtimol bilan Tensor G4 bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google Pixel smartfonlari uchun dekabr oyidagi yangilanishda 33 ta xatolik tuzatilgan edi.