Yangiliklar

Grenlandiya aholisi Daniya tarkibida qolishni qo‘llab-quvvatladi

NATO xavfsizlik tizimi ostida bo‘lishni ham
Grenlandiya aholisi Daniya tarkibida qolishni qo‘llab-quvvatladi / Foto: Reuters

Grenlandiya aholisi Daniya tarkibida qolishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va mustaqillik bo‘yicha muhokamalarni vaqtincha to‘xtatishni so‘radi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Grenlandiya bosh vaziri Yens-Frederik Nielsen Daniyaga sodiqlikni tasdiqlab, AQSh hududi bo‘lish imkoniyatini rad etdi.

«Agar AQSh va Daniya o‘rtasida hoziroq tanlov qilishimiz kerak bo‘lsa, Daniyani tanlaymiz», – dedi Nielsen Kopengagendagi Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bilan birga o‘tgan matbuot anjumanida.

Shu tariqa Grenlandiya rahbarlari va aholisi Daniya tarkibida qolish va NATO xavfsizlik tizimi ostida turishni ustun qo‘ymoqda. Diplomatik muzokaralar esa kelajakda hududiy barqarorlikni ta’minlashga qaratiladi.

Ma’lumot uchun, Grenlandiya va Daniya tashqi ishlar vazirlari Vashingtonda AQSh Vitse-prezidenti JD Vens va davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashadi. Uchrashuvda Daniya tarkibidagi avtonom hudud hisoblanmish Grenlandiyani nazoratga olish ehtimoli muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.