
«Yura davri dunyosi: qayta tug‘ilish» («Jurassic World: Rebirth») 2025-yilda namoyish etilgan blockbuster sarguzasht fantastika filmi bo‘lib, bu yura davri hayvonlari bilan bog‘liq mashhur kinofranchayzaning yettinchi qismi va «Jurassic World» seriyasining to‘rtinchi davomi.
U Garet Edvards tomonidan rejissyorlik qilingan va Devid Kepp tomonidan yozilgan. Film 2025-yil iyulda kinoteatrlarda namoyish etildi. Film voqealari «Jurassic World Dominion»dan besh yil o‘tib sodir bo‘ladi.
Dinozavrlar dunyoda asta-sekin yo‘q bo‘lib borayotgani aniqlandi va omon qolganlar faqat tropik ekvatorial hududlardagi izolyatsiya qilingan joylarda yashaydi. Tadqiqotchilar guruhi bu hududga borib, tarixdan oldingi yirik mavjudotlarning DNK namunalarini to‘plashni maqsad qilganida ular nafaqat dinozavrlar balki mutatsiyaga uchragan yangi xavfli turlarga duch keladi.
Qahramonlar guruhi, shuningdek, kemasidan ko‘milib qolgan bir oilaning a’zolari bilan uchrashib, ularning hayotini saqlab qolish uchun birga kurashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan «Davlat rahbarlari» filmi haqida ma’lumot bergandi.