
Joriy yilda «AvtoVAZ» Lada Vesta modeli uchun dvigatellarni yangilashni rejalashtirmoqda. Auto.ru xabariga ko‘ra, gap 1,6 va 1,8 litrli motorlar haqida ketmoqda. Hozirda 1,6 litrli dvigatel 106 ot kuchi, 1,8 litrli Evo versiyasi esa 122 ot kuchiga ega.
«AvtoVAZ» vakillari yangi dvigatellarning texnik tafsilotlarini hozircha ochiqlamadi. Biroq avvalroq ma’lum qilinganidek, ushbu dvigatellar Lada Azimut modeli uchun qayta ishlanadi va ularning quvvati 1,6 litrda 120 ot kuchi, 1,8 litrda 132 ot kuchini tashkil etadi. Kutilishicha, aynan shu kuchaytirilgan motorlar Lada Vesta modeliga ham o‘rnatiladi.

Lada Iskra esa yangilangan 1,6 litrli dvigatelga ega bo‘ladi. Natijada Iskra modelining eng kuchli versiyasi 120 ot kuchiga ega motor bilan jihozlanadi.
2025-yilda AvtoVAZ 324,6 mingta avtomobil ishlab chiqardi, 2026-yil uchun esa reja 400 mingta avtomobil atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, AvtoVAZ prezidenti Lada Azimut krossoveri savdosi 2026-yilning to‘rtinchi choragida boshlanishini ma’lum qildi. Ushbu modelning oldindan ishlab chiqarish namunasi Moskvada namoyish etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lada B-Van miniveni haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Model faqat bozor barqarorlashib, to‘lovga qodir talab paydo bo‘lgandagina rasman namoyish etiladi.