Mazda CX-5 avtomobilining sotuvi boshlandi

14-yanvar 2026 09:11 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Mazda

AQShda yangi avlod Mazda avtomobilining CX-5 sotuvi boshlandi. Bu haqda Motor1 portali ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2026-yilgi krossoverning boshlang‘ich narxi $31,5 mingdan boshlanadi. Bu summa yetkazib berish uchun majburiy $1,5 ming to‘lovni ham o‘z ichiga oladi. Yangi CX-5 o‘tgan yilgi modeldan atigi $940 qimmatroq bo‘ldi. 2025-yilgi versiya $30,5 mingdan taklif etilgan. Qiziq tomoni shundaki, CX-5 2026 narxi Mazda CX-50 2026 bilan deyarli teng.

AQSh bozorida asosiy CX-5 2.5S versiyasi $31,5 ming turadi. Keyingi komplektatsiyalar bosqichma-bosqich $33,5 ming, $35,7 ming va $38,4 minggacha ko‘tariladi. Eng qimmat Premium Plus versiyasi $40,5 ming baholangan.

Foto: Mazda

Yangi avlod modeli avvalgisidan 11,4 sm uzunroq bo‘ldi. Dizayn yanada zamonaviy ko‘rinishga ega. Kapot ostida avvalgidek 2,5 litrli atmosfera dvigateli qolgan. Uning quvvati 187 ot kuchiga teng. Aylanish momenti 251 N·m.

Mazda gibrid versiya ham bo‘lishini tasdiqladi. Biroq u keyinroq sotuvga chiqariladi. Kompaniya opsiyalar ro‘yxatini hali to‘liq ochiqlamagan. Ayrim kuzov ranglari uchun qo‘shimcha $595 talab qilinadi.

Narxlar:

KomplektatsiyaNarx
CX-5 2.5S$31,5 ming
CX-5 2.5S Select$33,5 ming
CX-5 2.5S Preferred$35,7 ming
CX-5 2.5S Premium$38,4 ming
CX-5 2.5S Premium Plus$40,5 ming

Ma’lumot uchun, Mazda – Yaponiyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bo‘lib, 1920-yilda tashkil etilgan. Brend innovatsion muhandislik yondashuvi va haydovchiga yo‘naltirilgan avtomobillari bilan tanilgan. Mazda dvigatel texnologiyalari, dizayn va boshqaruv muvozanatiga alohida e’tibor qaratadi. Bugungi kunda Mazda yengil avtomobillar va krossoverlarni jahon bozorlarida sotmoqda.

Foto: JSM

Mazda hozirgacha 20 dan ortiq turli avtomobil modelini ishlab chiqargan. Kompaniya faoliyati davomida sedan, xetchbek, krossover, yo‘ltanlamas va sport avtomobillarini taklif qilgan. Ayrim modellar ma’lum davrlar uchun ishlab chiqarilgan, boshqalari esa bir necha avlod davomida yangilanib kelmoqda. Bugungi kunda Mazda asosan yengil avtomobillar va krossoverlar segmentiga e’tibor qaratadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangi avlod Mazda CX-5 taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek