Banklar va moliya

O‘zbekistonda oltin quymalarni sotish va sotib olish narxlari yana oshdi

14-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:22 holatiga
Foto: bashta/Depositphotos

O‘zbekistonda oltin quymalar narxi oshishda davom etmoqda. Markaziy bank 14-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:22 holatiga oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlarini e’lon qildi.

Xususan, 5 grammli oltin quymaning narxi 9,215 mln so‘mdan 9,262 mln so‘mga oshdi. Uni qaytarib sotib olish narxi esa qadog‘i but holatda 8,857 mln so‘mdan 8,902 mln so‘mga, talablarga mos kelmaydigan holatda 8,768 mln so‘mdan 8,812 mln so‘mga ko‘tarildi.

Quyida oltin quymalarining grammlariga nisbatan sotish va sotib olish narxlari keltirilgan:

Og‘irligiSotish narxiQaytarib sotib olish (qadog‘i but)Qaytarib sotib olish (qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos emas)
5 gramm9 262 000 so‘m8 902 000 so‘m8 812 000 so‘m
10 gramm18 523 000 so‘m17 804 000 so‘m17 624 000 so‘m
20 gramm37 046 000 so‘m35 607 000 so‘m35 248 000 so‘m
50 gramm92 615 000 so‘m89 019 000 so‘m88 119 000 so‘m
100 gramm185 230 000 so‘m178 037 000 so‘m176 239 000 so‘m

Shu bilan birga, Markaziy bank xalqaro qimmatbaho metallar bozori konyunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligi qo‘shimcha qildi.

Jahon bozorida ham oltin oshdi. Xususan, 14-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 10:23 holatiga oltin narxi bir unsiya uchun $4 632 mingni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ham oltin narxi tarixiy maksimumni yangilab, $4,6 mingdan oshgandi. Savdo ma’lumotlariga ko‘ra, 12-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:47 da oltin narxi $4,6 mingni tashkil etib, 1,92 foizga oshgan. Soat 05:55 ga kelib esa narx yanada ko‘tarilib, bir unsiya uchun $4, 61 mingga yetdi. Bu o‘sish 2,03 foizni tashkil etdi.