Yangiliklar

O‘zbekistonga grant asosida 100 ta zamonaviy tez yordam avtomashinasi yetkazib beriladi

DK Consultants kompaniyasi bilan hamkorlikda
O‘zbekistonga grant asosida 100 ta zamonaviy tez yordam avtomashinasi yetkazib beriladi
Foto: SSV

O‘zbekiston Janubiy Koreya granti asosida 100 ta zamonaviy tez yordam avtomashinasi xarid qiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: SSV

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida DK Consultants kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda sog‘liqni saqlash sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: SSV

Uchrashuv davomida respublikada 103 tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish maqsadida kompaniya tomonidan ajratiladigan grant mablag‘lari hisobidan 100 ta tez tibbiy yordam avtomashinasini yetkazib berishni nazarda tutuvchi, qiymati $7 millionga teng memorandum imzolandi.

Kelishuvga muvofiq, ushbu zamonaviy rusumdagi transport vositalarini 2026-yilning birinchi yarmida xarid qilish va O‘zbekistonga yetkazib berish rejalashtirilgan.

Shuningdek, muzokaralar chog‘ida Toshkent shahridagi 7-son klinik shifoxonani davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga olish hamda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida zamonaviy davolash binosini barpo etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi yil bayrami va dam olish kunlarida barcha shifoxonalar uzluksiz ishlagani haqida yozgandi.