Qozog‘iston TIV Qora dengizdagi tankerlar hujumi yuzasidan bayonot berdi

eʼlon qilindi
Qozog‘iston TIV mamlakat hech qanday qurolli mojaroda ishtirokchi emasligini bildirgan
Foto: Gov.kz

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi 13-yanvar kuni Qora dengizda Kaspiy quvurlari konsorsiumi dengiz terminaliga yo‘l olgan uchta tankerga dronlar orqali qilingan hujumlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan Yevropaning bir qator davlatlari elchilari bilan favqulodda uchrashuvlar o‘tkazilgan, shuningdek, AQSh tomoni va boshqa xorijiy hamkorlar bilan aloqalar olib borilgan. Ushbu muloqotlarda uglevodorodlarni, jumladan, dengiz yo‘llari orqali tashish xavfsizligini xalqaro huquq normalariga qat’iy rioya etgan holda ta’minlash bo‘yicha samarali choralar ko‘rish zarurligi alohida ta’kidlangan.

Qozog‘iston TIV mamlakat hech qanday qurolli mojaroda ishtirokchi emasligini, global va Yevropa energetika xavfsizligini mustahkamlashga muhim hissa qo‘shib kelayotganini hamda energiya resurslari yetkazib berilishini xalqaro me’yorlarga to‘liq muvofiq holda uzluksiz ta’minlayotganini qayd etdi. Shu bilan birga, hujumga uchragan tankerlar barcha zarur ruxsatnomalarga ega bo‘lgani va talab etiladigan identifikatsiya uskunalari bilan jihozlangani ma’lum qilindi.

Bayonotda so‘nggi paytlarda bunday hodisalarning ko‘payib borayotgani xalqaro energetika infratuzilmasi faoliyati uchun xavflar ortayotganidan dalolat berishi ta’kidlanib, kelgusida shunday voqealarning oldini olish maqsadida hamkor davlatlarni yaqin va muvofiqlashtirilgan hamkorlikka chaqirildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qora dengizda Qozog‘istonning ikkita tankeriga dron hujum qilgani haqida yozgandi.

Qozog‘iston neftini tashish uchun mo‘ljallangan ikkita tankerga Qora dengizdagi Kaspiy quvur liniyasi konsorsiumi (CPC) terminali yaqinida dronlar hujum qildi.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, hodisalar 13-yanvar kuni sodir bo‘lgan va ikkala holatda ham qurbonlar bo‘lmagan. Dronlar KazMunayGas milliy kompaniyasining sho‘ba korxonasi tomonidan ijaraga olingan Malta bayrog‘i ostidagi Matilda tankeriga va Liberiya bayrog‘i ostidagi Delta Harmony tankeriga hujum uyushtirgan.

Shuningdek