Avto

Samsung Galaxy S26 Ultra kamerasi qanchalik yaxshilangan

Yangi flagmanlar kamerasi avvalgi avlodga nisbatan aniqroq va tabiiyroq tasvir berishi kutilmoqda
Foto: Sammobile

Samsung Galaxy S26 Ultra kamerasi sezilarli darajada yaxshilanganini ma’lum qilindi. Modelda yangi kamera algoritmi teri ranglarini juda aniq uzatadi.

Avvalroq Samsung Galaxy S26, Galaxy S26 Plus va Galaxy S26 Ultra modellari ommaviy ishlab chiqarilishi joriy oyda boshlanishi xabar qilingan edi. Yangi flagmanlar kamerasi avvalgi avlodga nisbatan aniqroq va tabiiyroq tasvir berishi kutilmoqda.

Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 smartfonlari seriyasini ommaviy ishlab chiqarishga tayyorgarlikni yakunlagani haqida yozgan edi. Galaxy S26 Edge modeli rejalarga kiritilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 Plus texnik jihatdan deyarli Galaxy S25 Plus bilan bir xil bo‘ladi. Samsung ushbu model uchun yangi OLED ekran ishlatish variantini ko‘rib chiqqan, biroq oxir-oqibat undan voz kechgan. O‘zgarishlar faqat himoya oynasi va yig‘uv qismlariga taalluqli, displey matritsasi o‘zgarmaydi.

Galaxy S26 va S26 Plus’ning yakuniy yig‘ilishi ayni oyda boshlanadi. Galaxy S26 Ultra esa boshqalardan oldin ommaviy ishlab chiqarishga kiritilgan va hozir maksimal hajmga chiqmoqda.